Kurash Sport Accordning World Sport and Business Summitda taqdimot qilinadi

Ayni kunlarda Shvetsariyaning Lozzana shahrida Jahon Anti Doping agentligining yillik Simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur simpouzimda Dunyo sport jamoatchiligining eng nufuzli shaxslari, xalqaro sport tashkilotlari raxbarlari, Xalqaro Olimpiya harakati a’zolari ishtirok etishi bilan ahamiyatlidir.
Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Vitse–Prezidenti Ziyoviddin Hojiniyazov ham mazkur nufuzli sport tadbirida ishtirok etmoqda.
Tadbirlar doirasida janob Hodjiniyazov AIMS Prezidenti Stephan Fox va AIMS Boshqaruv qo‘mitasi a’zolari bilan uchrashdi.
O‘zaro do‘stlik va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvlar doirasida Kurash sportining rivoji yo‘lida muhim masalalar muhokama qilindi.
Stephan Fox janoblari bundan bir hafta avval IKA Prezidenti janob Haydar Farmon bilan bilan Bankok shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning uzviy davomi sifatida Kurashning AIMS oilasiga qo‘shilishini ijobiy baholadi.
A’zolik bo‘yicha barcha tashkiliy va texnik jarayonlarda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Shuningdek, 7-11 aprel kunlari Buyuk Britaniyaning Birmingham shahrida bo‘lib o‘tadigan Sport Accordning World Sport and Business Summitida Kurashning rasmiy taqdimoti bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot uchun: AIMS- Sport Accordning tarkibiga kirivchi 5 ta tashkilotlardan biri hisoblanadi.
AIMS ning maqsadi har bir alohida sport turini mustahkamlash, tajriba almashish va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishdir. Natijada individual sport XOQ tomonidan rasmiy tan olinishiga erishadi. So‘nggi yillarda AIMSga a’zo bo‘lgan to‘qqizta federatsiya XOQ tomonidan rasman tan olingan.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *