Vodilda kuchlilar aniqlandi.

    Xabar berganimizdek, Farg’onaning Vodil qishlog’idagi “Chinor osti” istirohat bog’ida Xalqaro bolalar kuniga bag’ishlangan kurash va belbog’li kurash bo’yicha Hamid va Temir polvonlar hotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir yakunlandi.

   300 nafarga yaqin kurashchilar bellashgan bahslar jajji sportsevarlar va ularning ota-onalari uchun chinakam bayramga aylandi.
Xalqaro turnirda kurash va belbog’li kurash bo’yicha sportchilar umumiy hisobda 18 ta vazn toifasida bahslashishdi.
   Ikki kunlik musobaqa yakuniga ko’ra, murosasiz kurashlar natijasida Do’stmurod G’ofurov, Ziyodulla alijonov, Sardor Berdishkurov, Rahmatullo Nuriddinbekov, Jasur Rahmonov, Mavlon Muhammadsharipov, Umid Xolmatov, Fayozbek abdug’afforov, Muhammad Iskandarov, Maftuna Xolmatova, Maftuna adhamova, Shahnoza Bozorova kabi sportchilar g’oliblik shohsupasiga kutarilishdi

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *