Prokuror sovrini uchun turnir o’tkazildi.

       “ Polvonlari koʻp yurt qudratli boʻlur” shiori ostida kurash boʻyicha Yakkasaroy tumani prokurori sovrini uchun oʻtkazilgan turnir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. 2006-2007-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar (60 kg, 73) va qizlar (57 kg) hamda kattalar (66 kg, 73 kg va 90 kg) oʻrtasida kechgan bellashuvlarda bir yuz ellik nafardan ziyod polvon gilamga chiqdi.

Turnirda Xushnud Boboqulov (60 kg), Kamron Jumaboyev (73 kg), Nursuluv Xalilova (57 kg), Yigitali Choʻtboyev (66 kg), Sardor Berdishukurov (73 kg) hamda Suhrob Tursunov (90 kg) oʻz vazn toifasida tengsiz deb topildilar.

Musobaqaning tantanali ochilish va taqdirlash marosimlarida Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari Elbek Inomjonov, Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfiddinovlar ishtirok etib, gʻolib hamda sovrindorlarni taqdirladi.

Eslatib oʻtamiz, bungacha ana shunday bellashuvlarga Chilonzor, Sergeli, Yashnobod, Shayxontohur, Yangihayot hamda Yunusobod tumanlari mezbonlik qilgan edi.

1 reply on “Prokuror sovrini uchun turnir o’tkazildi.”

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *