Sirdaryoda “Prokuror kubog” musobaqasi o’tkazildi.

Guliston shahrida Sirdaryo viloyati prokuraturasi, viloyat hokimligi, Kurash federatsiyasi, viloyat sportni rivojlantirish Bosh boshqarmasi tomonidan “kurash” milliy sport turi boʻyicha 14-18 yoshdagi yigit va qizlar oʻrtasida Sirdaryo viloyati prokurori sovrini uchun kurash musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqada viloyatning barcha tuman-shaharlaridan ishtirok etgan 116 nafar polvonlar 9 vazn toifasida chempionlik uchun bellashishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan, murosasiz oʻtgan bahslarda 36 nafar gʻoliblar saralab olinib, ularga viloyat prokurori Sanjar Mavlonov tomonidan chempionlik medallari, diplomlar va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

Ushbu musobaqani oʻtkazishdan asosiy maqsad – milliy kurashimizni yoshlar oʻrtasida yanada rivojlantirish, ular orasidan munosib polvonlarni saralab olish hamda boʻlajak jahon va olimpiya chempionlarini yetishtirib chiqarishdan iboratdir.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *