Kurash targ’ibotidagi navbatdagi seminar

Bugun O’zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi majlislar zalida 7-9 may kunlari Germaniyaning Frankfurt-Maye shahri mezbonlik qilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkazilgan halqaro turnir yakunlariga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Unda Sportni rivojlantirish vaziri adham Ikramov, zamonaviy kurash asoschisi Komil Yusupov va O’zbekiston kurash federatsiyasi mutasaddilari, Milliy olimpiya qo’mitasi vakillari hamda ushbu turnirda ishtirok etib g’alaba qozongan polvon ishtirok etdilar.

 O’zbekiston Kurash federatsiyasi,O’zbekiston bosh prokuraturasi, O’zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi, Evropa kurash konfederatsiyasi, Germaniya kurash federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan halqaro turnirda Evropa qit’asining 24 davlatidan kuchli polvonlar ishtirok etishi hamda 30 yaqin davlatdan kelgan sport mutassadilarini bevosita kurash musobaqalarini kuzatib borishi haqiqatan ham Yevropa qit’asida o’zbek sporti kurash yana o’z qaddini baland ko’tara boshlaganidan dalolat berayotgani anjuman ishtirokchilari tomonidan e’tirof etildi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *