Kurash sport turini yanada rivojlantirish yuzasidan seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda Kurash Xalqaro assotsiatsiyasi,O’zbekiston Kurash Federatsiyasi,Milliy Olimpiya qo’mitasi,Turkiya Kurash Federatsiyasi raisi, Evropa Kurash Konfederatsiyasi raisi, Bolgariya kurash assotsiatsiyasi raisi hamda O’zbekistonni Turkiya davlatidagi elchixona vakillari qatnashdilar.

O’tkazilgan seminardan asosiy maqsad Turkiya va Bolgariya davlatlarida o’tkaziladigan xalqaro turnirlarning tashkiliy masalalari edi. Iyun oyida Turkiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun faxriylar o’rtasida kurash bo’yicha halqaro turnir o’tkazilishi rejalashtirilgan. Turkiya davlatida bo’lib turgan delegatsiya vakillari musobaqa bo’lib o’tadigan sport kompleksini ham ko’zdan kechirdilar.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *