Yangi Jurnal chop etildi

         “Kurash” ilmiy-ommabop elektron jurnalining 2026 yildagi soni chop etildi  
          Ilk bor 2025 yilda nashrdan chiqqan “Kurash” ilmiy-ommabop elektron jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 dekabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida o’zbek, rus va ingliz tilidagi jurnal chop etish belgilangan. Ushbu qaror ijrosidan kelib chiqib “Kurash” ilmiy-ommabop elektron jurnalining navbatdagi soni tayyorlandi va taqdim etilmoqda.
          Jurnalda kurash sportida ulkan yutuqlarni kiritgan sportchilar bilan suhbatlar, joriy yilda yurtimiz va xorijda bo’lib o’tgan musobaqalar, xalqaro turnirlar haqida maqolalar ham o’rin olgan. Ayniqsa, kurashchilarimizning Yaponiyada bo’lib o’tgan Osiyo o’yinlarida erishgan yutuqlari haqida batafsil malumot hamda foto reportajlar ham o’rin olgan.
          Mazkur jurnal kurashga qiziqadigan barcha sportchilarga eng so’nggi qaynoq va yorqin lahzalarni taqdim etib boradi.

Yuklab olish uchun ⬇️⬇️⬇️

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *