Kurash bo’yicha “I Jahon harbiy chellenji” da O’zbekiston kurash federatsiyasining raisi xalqaro harbiy sport kengashining faxriy ordeni bilan mukofotlandi

           Toshkent shahrida joylashgan Olimpiya shaharchasining Yakkakurashlar sport majmuasida kurash boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi “I Jahon harbiy chellenji”ning tantanali ochilish marosimida Xalqaro harbiy sport kengashi bosh kotibi Roberto Recchia tomonidan O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori – O’zbekiston kurash federasiyasi raisi Nig’matilla Yo’ldoshev xalqaro harbiy sport kengashining faxriy ordeni bilan mukofotlandi.
           Mukofotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Qahramon Isroilov qabul qilib oldi.
           Tadbirda shuningdek, Xalqaro harbiy sport kengashi bosh kotibi Roberto Rechchi va CISM ijroiya qo’mitasi vakili Reza Bagheri O’zbekiston Mudofaa vazirligining faxriy ordeni bilan taqdirlandi.
           Marosimda shuningdek, Xalqaro harbiy sport kengashi bosh kotibi Roberto Rechchi so’zga chiqib o‘zbek kurashining jahon hamjamiyatidagi o‘rni va uning ahamiyati haqida so‘z yuritib, harbiy xizmatchilarning bu sport turiga tobora qiziqishi ortib borayotganini e’tirof etdi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *