Rasmiy veb-sayt

Toşkent Kuraş böyiça harbiylar örtasidagi “I Jahon harbiy çellenji”ni ötkazdi.

Özbekiston Kuraş Federatsiyasi

          Toşkent şahrida joylaşgan Olimpiya şaharçasining Yakkakuraşlar sport majmuasida kuraş böyiça harbiylar örtasidagi “I Jahon harbiy çellenji”ning tantanali rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.
          Marosimda Özbekiston Respublikasi Mudofaa Vaziri general-leytenant Şuxrat Xalmuxamedov sözga çiqib, musobaqa iştirokçilarini samimiy qutladi va barçaga omad yor bölişini tiladi.
          “I Jahon harbiy çellenji”ning tantanali oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining örinbosari — Özbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Qahramon Isroilov hamda Xalqaro harbiy sport kengaşi boş kotibi Roberto Reççi özbek kuraşining jahon hamjamiyatidagi örni va uning ahamiyati haqida söz yuritib, harbiy xizmatçilarning bu sport turiga tobora qiziqişi ortib borayotganini e’tirof etişdi.
          Oçiliş marosimida Qurolli Kuçlar Markaziy aşula va raqs ansambli hamda taniqli san’atkorlar iştirokidagi konsert dasturi hamda harbiy xizmatçilarning körgazmali çiqişlari namoyiş etildi.

← Barça yangiliklar