2-9 iyun kunlari Namangan viloyatining Yangiqörğon tumani Zarkent qişloğida Sohil kuraş sport turi böyiça kattalar, yoşlar va ösmirlar örtasida Özbekiston çempionati ötkazildi.
Musobaqada 1700 nafardan ortiq sportçilar iştirok etdi.
Musobaqaning rasmiy oçiliş marosimida Namangan viloyati hokimi Şavkat Şokirdjanoviç Abdurazakov sözga çiqib yurtimizda Prezident Şavkat Mirziyoyevning sportga, xususan kuraş sport turini yanada rivojlantirişga qaratayotgan yuksak e’tibori sabab sportçilarimiz jahon maydonlarida ulkan yutuqlarni qölga kiritayotganini e’tirof etdi. Namangan viloyati mezbonlik qilayotgan Sohil kuraşi böyiça çempionat har yili yuqori saviyada taşkil etib kelinayotgani, eng mahoratli kuraşçilarning ğalabalariga barça guvoh bölayotganini ta’kidlab, musobaqani rasman oçiq deb e’lon qildi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi Şavkat Şokirdjanoviç Abdurazakov hamda Namangan viloyati prokurori Umirbek Muxammadoviç Madraximovlarga kuraş sporti rivojiga qöşgan ulkan hissasi uçun Özbekiston Kuraş federatsiyasi raisi Niğmatilla Yöldoşevning taşakkurnomalari hamda esdalik sovğalari topşirildi.

