Fransiya davlatining Parij şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun kuraş böyiça xalqaro turnir bölib ötmoqda.
Uşbu xalqaro turnir oldidan Parij şahridagi Mercure mehmonxonasida matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda Özbekiston kuraş federatsiyasi, Fransiya kuraş federatsiyasi vakillari, Yevropa kuraş konfederatsiyasi, kuraş hakamlari hamda sportçilar iştirok etişdi.
Matbuot anjumanini Özbekiston kuraş federatsiyasi raisining sport işlari böyiça örinbosari Uyğun Umarov oçib, an’anaviy tarzda har yili ötkazilib kelinayotgan mazkur xalqaro turnirning dunyo madaniyati va san’ati markazlarida biri bölgan Parij şahridagi Eyfel minorasi yonidagi Centre sportif Emile Anthoine majmuasida bölib ötişini ta’kidladi. U.Umarov uşbu turnirning yildan-yilga nufuzi oşib, jahon sportçilarining e’tiborini tortayotgani va qiziqişining oşişiga turtki bölayotganini ham e’tirof etdi.
Şuningdek, matbuot anjumanida Yevropa kuraş konfederatsiyasi prezidenti Janob Merampi Iliadis ham sözga çiqib, uşbu musobaqada Yevropaning eng kuçli polvonlari ğoliblik uçun bellaşişini, kuraş sport turiga bölgan e’tibor yildan-yilga oşib borayotganini ta’kidlab, barça kuraşçilarga omad tiladi.
Ma’lumot uçun mukofot jamğarmasi 30 ming yevroni taşkil etuvçi mazkur turnirda dunyoning 30 ga yaqin davlatidan eng sara 100 nafarga yaqin eng kuçli kuraşçilari iştirok etadi.
Matbuot anjumanidan söng, mazkur nufuzli musobaqada iştirok etadigan kuraşçi erkaklar -90 kg, +90 kg; ayollar esa -70 kg, +70 kg vazn toifalarida vazn ölçaş marosimida iştirok etişdi.

