Keskin bahslar va yorqin ğalabalar: Osiyo Kubogi yakunlandi
Nukus şahrida ilk bor taşkil etilgan Kuraş böyiça kattalar örtasidagi Osiyo Kubogi bahslari yuksak saviya, murosasiz bellaşuvlar va haqiqiy sport muhiti bilan muxlislar xotirasida qoldi.
Osiyoning bir qator davlatlaridan taşrif buyurgan jahon va qit’a çempionlari iştirokidagi bellaşuvlar tomoşabinlarga çinakam sport bayramini taqdim etdi. Ayniqsa final uçraşuvlaridagi keskinlik, mahorat va çiroyli usullar amfiteatrga yiğilgan muxlislarni tik oyoqda qarşi olişga undadi. Har bir ğalaba va hal qiluvçi harakat kuçli hayajon hamda olqişlar bilan kuzatildi.
Ilk marotaba ötkazilayotganiga qaramasdan, musobaqa taşkiliy jihatdan yuqori professional darajada taşkil etildi. Bellaşuvlarning texnik saviyasi, iştirokçilarning tayyorgarligi hamda muxlislarning katta qiziqişi Kuraşning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon qildi.
E’tiborli jihatlardan biri — Singapore va Saudia Arabistoni kabi davlatlar sportçilarining ham ğoliblar safidan joy olganidir. Bu esa Kuraş sportining yangi hududlarda jadal ommalaşayotgani va uning geografiyasi tobora kengayib borayotganining amaliy ifodasi böldi.
Yakkalik bellaşuvlari yakunlangaç, musobaqa doirasida jamoaviy bahslar ham bölib ötdi.
Murosasiz va keskin ruhda keçgan uçraşuvlarda Kuraş vatani vakillariga teng keladigan jamoa topilmadi. Final bahsida Tojikiston milliy terma jamoasini mağlub etgan Özbekiston terma jamoasi musobaqa ğolibiga aylandi. Turkmaniston hamda Hindiston terma jamoalari esa faxrli uçinçi örinni qölga kiritdi.
Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlar medal, diplom, kubok hamda taşkilotçilar tomonidan ta’sis etilgan pul mukofotlari bilan tantanali ravişda taqdirlandi.
Nukus şahrida bölib ötgan Kuraş böyiça kattalar örtasida Osiyo kubogi ğolibi va sovrindorlari röyxati.
Erkaklar
-66 kg
🥇 Atoyev Bahrombek – Özbekiston
🥈 Mustafoi Abdulfaiz – Tojikiston
🥉 Çan Hao-Çeng – Xitoy Taypeyi
🥉 Ataniyazov Damir – Özbekiston
-73 kg
🥇 Rajabov Muhammadiso – Tojikiston
🥈 Urazgaliyev Utkirbek – Özbekiston
🥉 Öralov Akbar – Özbekiston
🥉 Pan Ssu-Çeng – Xitoy Taypeyi
-81 kg
🥇 Ziyodullayev Ahror – Özbekiston
🥈 Şerimbetov Sanjar – Özbekiston
🥉 Algalide Abdulaziz – Saudiya Arabistoni
🥉 Qodirov Sairahmon – Tojikiston
-90 kg
🥇 Sadinov Samandar – Özbekiston
🥈 Başimov Agamyrat – Turkmaniston
🥉 Kemalov Ylham – Turkmaniston
🥉 Wu Çin-Çeng – Xitoy Taypeyi
+90 kg
🥇 Baxtiyorov Şoxruhhon – Özbekiston
🥈 Aaron Ng – Singapure
🥉 Zaytov Zaxiritdin – Özbekiston
🥉 Çauhan Yaş Kumar – Hindiston
Ayollar
-57 kg
🥇 Lee Wan-Ting – Xitoy Taypeyi
🥈 Agajanova Ibodatxon – Özbekiston
🥉 Meymanova Rozymenili – Turkmaniston
🥉 Tileumbetova Gulzabira – Özbekiston
-70 kg
🥇 Medetbayeva Azada – Özbekiston
🥈 Yang Yu-Çieh – Xitoy Taypeyi
🥉 Isaeva Azhar – Qirğiziston
🥉 Hezratova Nurana – Turkmaniston
-78 kg
🥇 Nazarova Şoxista – Özbekiston
🥈 Balhara Pincky – Hindiston
🥉 Adilbaeva Aygul – Özbekiston
🥉 Çoa Yi-Çen – Xitoy Taypeyi
+78 kg
🥇 Abdujabborova Durdona – Özbekiston
🥈 Erkinbaeva Saneayim – Özbekiston
🥉 Yang Ya-Çun – Xitoy Taypeyi
🥉 Şin Liu-Ning – Xitoy Taypeyi
