Toşkent şahrida joylaşgan Olimpiya şaharçasining Yakkakuraşlar sport majmuasida kuraş böyiça harbiylar örtasidagi “I Jahon harbiy çellenji”ning tantanali oçiliş marosimida Xalqaro harbiy sport kengaşi boş kotibi Roberto Recçia tomonidan Özbekiston Respublikasi Boş prokurori – Özbekiston kuraş federasiyasi raisi Niğmatilla Yöldoşev xalqaro harbiy sport kengaşining faxriy ordeni bilan mukofotlandi.
Mukofotni Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining örinbosari — Özbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Qahramon Isroilov qabul qilib oldi.
Tadbirda şuningdek, Xalqaro harbiy sport kengaşi boş kotibi Roberto Reççi va CISM ijroiya qömitasi vakili Reza Bagheri Özbekiston Mudofaa vazirligining faxriy ordeni bilan taqdirlandi.
Marosimda şuningdek, Xalqaro harbiy sport kengaşi boş kotibi Roberto Reççi sözga çiqib özbek kuraşining jahon hamjamiyatidagi örni va uning ahamiyati haqida söz yuritib, harbiy xizmatçilarning bu sport turiga tobora qiziqişi ortib borayotganini e’tirof etdi.
