Rasmiy veb-sayt

Fransiyada Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun Xalqaro turnir bölib ötdi.

Özbekiston Kuraş Federatsiyasi
Kurash federatsiyasi arxividan

           Köhna qit’aning yuragida joylaşgan Parij şahri, Centre Sportif Emile Anthoine maydonida kuraş sporti böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun xalqaro turniri bölib ötdi.
         Musobaqaning oçiliş marosimida yurtimizning Fransiyadagi elçisi Nodir Ganiev hamda Yevropa kuraş konfederatsiyasi prezidenti Janob Merampi Iliadislar sözga çiqib mazkur turnir yildan-yilga nufuzi va geografiyasi kengayib, dunyoning eng kuçlilarini öziga rom etib kelayotganini ta’kidladi.
         Jumladan, yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan sport, jumladan kuraşga berilayotgan e’tibor va yaratilgan beqiyos şaroitlar sabab bugun milliy sportimiz tom ma’noda özbekistonlik hamda xorijlik sportçilar uçun bellaşuvlar, halollik, intizom, epçillik kabi yuksak hislatlarning in’ikosi bölgan kuraşni yangi çöqqilarni zabt etişi uçun asos bölayotganligi ham e’tirof etildi.
         Mazkur nufuzli musobaqa davomida Fransiyada yaşab kelayotgan vatandoşlarimiz iştirokida milliy qadriyatlarimiz va Özbekistonning turistik salohiyatini keng namoyon va tarğib qiliş maqsadida özbek milliy hunarmandlari, oşpazlarining körgazmali çiqişlari hamda özbek san’atkorlari tomonidan kontsert dasturlari namoyiş etildi.

Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan

         Xalqaro turnirda ğolib va sovrindor bölgan sportçilar röyxati.

          Erkaklar

          90 kg
        Sadinov Samandar – Özbekiston
        Melih Topcu – Turkiya
        Qozoqov Jonibek – Özbekiston
        Fereol Alexandre – Fransiya
         +90 kg
        Jörayev Şerali – Özbekiston
        Papanikolaou Panagiotis – Gretsiya
        Oltiboyev Bekmurod – Özbekiston
        Caillon Cedric Benjamin – Fransiya

        Ayollar
         70 kg
       Raçael Hawkes – Buyuk Britaniya
       Sçuhlein Isabelle – Germaniya
       Hebert Nolwenn – Fransiya
       Stamouli Çristina – Gretsiya
      +70 kg
       M’bairo Anne – Fransiya
       Nun Çloe Jessica – Buyuk Britaniya
       Mill Aylin – Germaniya
       Kubranur Esir – Turkiya

#Kuraş #Paris2026 #PresidentCup #UKF

Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan
← Barça yangiliklar